Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov YuNeSKO bosh direktor o‘rinbosari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Fransiyaga tashrifining so‘nggi kunida YuNeSKO bosh direktor o‘rinbosari Ernesto Ramirez bilan uchrashdi. U shuningdek YuNeSKO qoshidagi Ozarboyjon elchisi A.Karimov, Angola elchisi A.Joze, Burkina-Faso elchisi A.Ilbudo, Bosniya va Gertsegovina elchisi K.Muftik va Ispaniya elchisi T.Lizaranzu bilan muzokaralar o‘tkazdi.
YuNeSKOda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqboldagi chuqurlashuvi haqida fikrlar almashildi. Tomonlar mavjud hamkorlik salohiyatini izchil amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta'kidlandi. Bu hamkorlik o‘zbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosi hamda YuNeSKOdek global va nufuzli xalqaro tuzilmaning imkoniyatlariga asoslangan.
Ramirez O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy merosni saqlashga doir qabul qilinayotgan so‘nggi chora-tadbirlarni ijobiy baholadi. U ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. YuNeSKO bilan hamkorlik bo‘yicha "Mamlakat dasturi"ni birgalikda ishlab chiqish va qabul qilishga qiziqish bildirildi, unga hamkorlikning amaliy natijalariga erishishga yo‘naltirilgan qator aniq qo‘shma chora-tadbirlar kiritish taklif etildi.
Bundan tashqari, YuNeSKO shtab-kvartirasida milliy kadrlarni tayyorlash va mutaxassislarni qayta tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025