Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Inoyatov Samarqanddagi tadbirda ishtirok etayotgan vaqtda ishdan olindi
Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov uch nafar o‘rinbosari bilan birga ishdan olindi.
Ulug‘bek Inoyatov mazkur lavozimda 2013 yildan buyon ishlab kelayotgandi. U 2017 yil fevralida Shaxmat federatsiyasiga ham rahbar bo‘lgandi.
Qizig‘i shundaki, ishdan bo‘shatilgani e'lon qilingan vaqtda vazir Samarqand shahrida boshlangan umumta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etayotgandi. U Xalq ta'limi vaziri sifatida tadbirda so‘zga chiqdi.


Ayni vaqtda sobiq vazir va uning o‘rinbosarlarining keyingi faoliyati haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bugundan Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta'lim maktablarining fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada boshlandi. Unda Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
11:19 / 09.07.2023
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning 3 nafari saylovda ovoz berdi
09:37 / 22.06.2023
Ulug‘bek Inoyatov: “Eng kam iste’mol xarajatlari belgilanishi qonun bilan kafolatlanishi kerak”
22:30 / 20.06.2023