19:21 / 21.06.2018
6400

Emre Jan «Yuventus»da

«Liverpul» yarim himoyachisi Emre Janning «Yuventus»ga o‘tishi jarayoni yakunlandi.

24 yoshli xavbek bugun Turinga keldi va «byankoneri» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 2022 yil iyunigacha amalda bo‘luvchi shartnoma imzoladi.

Germaniyalik futbolchi «Liverpul»ni erkin agent maqomida tark etdi, u «Yuve»ga tekinga tushdi.

Janning yangi jamoasidagi yillik maoshi miqdori 6 million yevroni tashkil qiladi.

Top