Tahririyatimizga Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida yaşovçi fuqaro qönğiroq qilib, fuqarolar sarson-sargardon bölayotgani haqidagi muammo böyiça öz mulohazalarini yölladi.

«Yaxşi niyatlar bilan avtotransport xarid qilgan edim, rasmiylaştiriş uçun tumandagi Oq-ota massivida joylaşgan notarius idorasiga bordim. Hujjatlarni qabul qilib olgan notarius yordamçisi tölovni amalga oşiriş uçun qoğozçani uzatar ekan «Töytepaga borib tölab keling» dedi. Notarius idorasi joylaşgan joydan Nurafşon («Töytepa» şaharning avvalgi nomi bölib, hozirda uşbu şahar Toşkent viloyatining rasman tan olingan markazi hisoblanadi) şahargaça örtada sal kam 20 kilometr masofa borligini bilganim uçun avvaliga xodim - yo yanglişdi yoki hazillaşyapti, deb öyladim. Aniqlik kiritişga jazm etdim va savolimga tölov aynan «Xalq banki»ning Nurafşon şahridagi filialida amalga oşirilişi lozimligi haqidagi aniq javobni oldim. Javobga qöşimça qilar ekan, xodima buni «Xalq banki»ning joylardagi şoxobçalari qisqartirib yuborilgani bilan izohlab qöydi.

Naçora, deya taqdirga tan berib, Nurafşon şahri tomon yöl oldim. Yarim soatlar çamasi yöl yurib, amallab «Xalq banki»ni topib keldim. Bank içiga kirar ekanman, bu bir mening muammom emasligini tuşundim!

Yuzga yaqin tölov qilmoqçi bölgan fuqarolaru va 2ta kirim kassasi. Navbatning boşini topib oliş uçun örta hisobda 10 daqiqa vaqtim ketdi. Navbatga turib olgaç imkon topib, vaziyatga oydinlik kiritiş uçun bank xodimini söroqqa tutdim. «Respublikaning topşiriği bilan barça şoxobçalar yopildi. Şuning uçun barça tölovlar tuman filialida qabul qilinmoqda», deya javob oldim savolimga.

Bir soatlar çamasi vaqt ötib navbatim yetib keldi, lekin bu vaqt orasida navbatda turganlarning (ularning orasida yoş bola kötargan kelinçaklar deysizmi, keksa yoşdagi otaxonu-onaxonlar yoki nogiron...) yuzaga kelgan vaziyatdan noroziligini körib, töğrisi açinib kettim. Hamma tezroq şu tor «kulba»dan çiqib ketsam, deydi, birov birovga navbatini beray demaydi. Navbatda turganlarning aksariyati menga taniş çehralar, ha ularni men notarius idorasida uçratganman.

Hullas, bankdagi işim bitdi (deb öyladim hozirça). Bank muassasasidan çiqib, notarius tomon oşiqar ekanman, közim bexosdan avtobusdan tuşayotgan taniş ayolga tuşdi. E'tibor berib qarasam, bundan bir neça soat avval notariusda men yonma-yon ötirgan, yoşi taxminan 80ga yaqinlaşib qolgan rus ayoli, tuşunişimça u ham tölov qiliş uçun bankni izlab kelmoqda. Şunda könglimda kuçli ökinç va afsus tuyğusini sezdim: «şu beçoragina onaxonni ham özim bilan birga olib kelişim mumkin ediku, heç bölmasa özim bilan olib ketarman, yöğye, u ayol hali bir soatdan oşiqroq navbatda turadiku axir, yaxşisi özimning işlarimni bitira qolay...»

Notariusga qaytib keldim. Notariusdagi işim ham köp çözilmadi. Oldi-sotdi şartnomasini olar ekanman hali tuşlik vaqtiga qadar ozgina vaqt qolganidan foydalanib MROga (MRO aslida nima ekanligini bilmaymanu, xalq orasida bu taşkilotga avtotransport vositalarini davlat röyxatidan ötkazuvçi organ sifatida şunday ta'rif beriladi) çopdim.

Notariusning şundoqqina yonida joylaşgan MROga kirib kelganimda soat 12dan 50 daqiqa ötgan edi. Men uçun kunning eng «dahşatli» voqeasi şu yerda röy berdi. MROning arizalarni qabul qiluvçi xodimidan tegişli pulni Nurafşon şahridagi «Xalq banki» filialiga tölaşim kerakligini eşitişim men uçun qanday kayfiyat baxş etganini tasavvur etiş qiyin.

Hammasi qaytadan boşlandi, qaydasan Nurafşon, qaydasan «Xalq banki»... (şukrki erta tongda özim bilan ğamlab olgan sabrning bir qismi qolgan ekan, bölmasa maşina miniş fikridan qaytarmidim).

Xullas, işlarim bitdi, maşinali ham böldim, lekin menga bugungi körgan-keçirganlarim sira tinçlik bermayapti:

- keça, undan avvalgi kuni, undan avvalgi kuniçi, öşa kuni ham şunday edimi, ertaga ham şunday böladimi, «közim oçiqligida uyimni nabiramga meros qilib qöyay» onaxon ertaga ham kunning issiğida tumanning bir çekkasidan avtobusga ötirib, arzimagan 172.240 sömni tölaş uçun viloyat markaziga keladimi?

- «2018 yil 1 fevraldan Adliya vazirligi tomonidan notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun davlat boji va boşqa tölovlarni elektron tarzda amalga oşiriş mexanizmi joriy etildi» deya baralla bong urilganda, Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumani nazarda tutilmagan edimi?

- bu faqat Örta Çirçiq tumanidami yoki hamma joyda şundaymi?

- şunday bölişiga kim aybdor: bankmi, notariusmi, MROmi?

- bu haqida «Xalq banki»ning Nurafşon filialidan unça uzoqda bölmagan viloyat hokimligi yoki bankning viloyat boşqarmasi xabardormikin?

Xullas savollar bisyor, lekin uni kimga berişni bilmay doğda kişi.

Töğri bu bilan mening biror joyim kamayib qolgani yöq, «arzimagan» bir kunim va ozroq benzinim ketti xolos, lekin menikidek imkoniyatga ega bölmagan xalqqa köp jabr bölibdida...

Aytişadiku «qornimga emas qadrimga yiğlayman» deb.

Dilşod Abduqodirov

Kun.uz muxbiri