“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
Xalq banki tomonidan tashkil qilingan press-tur doirasida G‘ijduvonlik tadbirkor Sodiqjon Bekov o‘zining tadbirkorlik faoliyatidagi ta’sirli hikoyasini aytib berdi.

“Biznes qilish bu – shunchaki ishlab chiqarish maydoni yoki faqat pul topish emas. Jamoani boshqarish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, ko‘pchilik bilan til topishish qiyin masala.
Ko‘p yildan beri turli xil sumkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, charm va boshqa turdagi sumkalar ishlab chiqarishga moslashgan sexlar ochganmiz. Bozorda bunga talab juda kattaligini ko‘rib ishni kengaytirmoqchi bo‘ldim. Lekin imkoniyatimiz yetmagani uchun to‘xtab qoldi.
Shu orada bir ayol ish so‘rab keldi. Nogironligi tufayli qo‘lida bir qizchasi bilan eri tashlab ketgan. Bolasi bilan ish so‘rab qayerga bormasin, rad javobini olayotgan ekan. Sinov muddati bilan ishga oldik. Lekin shu muddat ichida shunaqa ishladiki, u ishga qabul qilinishni xuddi bir imkoniyatday qabul qildi. O‘zini ko‘rsatishga, boshqalardan kam emasligini isbotlashga, ko‘proq mehnat qilishga urinardi. Bizda maosh ishbay to‘langani uchun shunga yarasha oylik ola boshladi.
O‘ylab qoldim, unga o‘xshagan ayollar, qizlar ham qayerdadir ishlasa, o‘zini ta’minlasa, birovga og‘irligi tushib muhtoj bo‘lmasa. Bundan ham ularning o‘zlari, ham ularga ish bergan korxona yutadi.
Shunday kunlarning birida Xalq bankining charm sanoatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihasi haqidagi reklamaga ko‘zim tushdi. Darrov bankning hududiy filialiga bordim, yangi sex ochish rejasi bilan tanishib chiqqandan so‘ng Xalq banki tomonidan bizga 100 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Bankning yordami bilan bugun yangi sexlar ishga tushgan, xorijga mahsulot eksportini yo‘lga qo‘ydik. Korxonamiz qoshida “Nogironlar saxovat markazi” unitar korxonasini ishga tushirdik va bu yerda bir kunda 160 tadan 200 tagacha yo‘l sumkalari tayyorlanadi.
Bugungi kunda 100 nafar ishchi-xodimlarimizning teng yarmini nogironlardan iborat. Qandaydir nuqsoni tufayli o‘zlarini hayotda keraksizday hisoblayotganlar bugun to‘rt muchasi sog‘ odamlardan yaxshi ishlashadi, pul topishadi.
Buni qarangki, shunaqa ishchilarimizni tinimsiz samarali mehnati bilan mahsulot ishlab chiqarish quvvatimiz karrasiga ortib, bankdan olingan qarzni bir yarim oy ichida qaytardik. Hozir yana shunday imtiyozli mablag‘lar evaziga yangi uskunalar bilan jihozlangan sexlarni ishga tushirmoqchimiz. Maqsad – tadbirkorligimizni rivojlantirish bilan birgalikda ehtiyojmand, nogironligi bor shaxslarni ham o‘z qobiliyatlarini ochishlariga yordam ko‘rsatishdan iborat”, - dedi tadbirkor. U “Bek Bags” brendi ostida turli sumkalar ishlab chiqaradi.
21-22 oktyabr kunlari bank tomonidan Buxorodagi tadbirkorlik obektlariga qilingan tashriflar doirasida mahalliy OAV, jamoatchilik faollari va bankning hududiy mutasaddilari uchun “Xalq bankida kommunikatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari” bo‘yicha maxsus seminar-trening tashkil etildi.
An’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan seminarda bankning jamoatchilik bilan muloqot qilish usullari, xususan, ijtimoiy media va taraqqiyot strategiyalari mufassal muhokama qilindi. Tadbirkorlarning bank bilan bog‘liq hikoyalari o‘ziga xos yaqin muhit yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 12:24
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
Mavzuga oid

14:00 / 20.04.2025
Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi

20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

17:00 / 20.06.2024