«Terilmasa yerda qolib ketsin edi». Prezident yana bir bor paxta terimidagi majburiy mehnatni qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prezident Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimovdan hisobot qabul qilgan. Suhbat davomida prezident viloyat hokimidan paxta klasterlari bo‘yicha fikrini so‘ragan.
Shavkat Mirziyoyev: - Viloyatda qancha paxta klasteriga talab bor?
G‘ulomjon Ibragimov: - Hozircha bittasi ishlayapti. Qolgan tumanlarning barchasida talab bor.
Sh.M: Tayyorlayapsanmi?
G‘.I: - Ha, tayyorlanayapti.
Sh.M: - O‘sha bitta klaster qanaqa ishlayapti?
G‘.I: - Yaxshi ishlayapti, Shavkat Miromonovich. Davlatniki bilan buning farqi bor.
Sh.M: - Albatta farqi bo‘ladi. Egasi bor endi, ertaga paxta terimida egasi bo‘ladi. Hozirdan terimni o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, joy joyiga qo‘yish kerak. Bilib qo‘yinglar, endi maktab, kollej, shifoxona, oliygoh, hech qaysi paxta terimiga chiqmaydi.
Menga kerakmas, unaqa paxtayam, unaqa yutuqlaring ham kerakmas. Butun umr o‘z-o‘zimizni sharmanda qilib keldik. Bor yo‘g‘i bir milliard ikki yuz million dollar bo‘ladigan narsa uchun butun dunyoga sharmanda bo‘lganmiz. Bolalar mehnati, majburiy mehnat. Kimga kerak edi bu? Menga umuman kerak emas, dalada qolib ketsin edi undan ko‘ra. Klaster o‘zi terib olsin, o‘zi sotsin.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:44
-
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 15:21
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
Mavzuga oid

12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

11:46 / 26.05.2025