Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida aholiga qoramol berish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 7 iyunda “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” gi qarorini qabul qildi. Andijon viloyatida ushbu dastur ijrosini amalga oshirishga kirishildi.
Bugun Oltinko‘l tumanidagi “Baxt Imkon Rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida Baliqchi, Andijon, Oltinko‘l, Paxtaobod tumanlariga hamda Shahrixon tumanidagi chorvachilik fermer xo‘jaligida viloyatning yana to‘rtta tumanida yashovchi oilalariga imtiyozli kredit asosida naslli qoramollar tarqatildi.

Viloyatda 746 ming 807 oila istiqomat qiladi. Dasturni amalga oshirish uchun 200 000 000 dollar yo‘naltirilgan. Kredit olish shartlari juda oddiy, qulay va ko‘p mashaqqat talab qilmaydi: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni niyat qilganlar mahalla fuqarolar yig‘ini hamda sektorlar rahbarining tavsiyalari asosida eng kam ish haqining 150 baravarigacha imtiyozli kredit oladilar. Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha ajratiladi.


Kreditlarning foiz stavkasi yillik 7 foiz miqdorida belgilgan va 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratilmoqda. Loyihangiz o‘zini o‘zi qoplasa, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha beriladi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN. UZ muxbiri
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026