Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Kar-soqovlar madaniyat markazi a'zolariga prezident sovg‘alari topshirildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Davlat rahbari jamiyat a'zolari bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.
Prezident o‘tgan yillarda mavjud bo‘lgan og‘ir sharoitlarga qaramay, sabr-matonat bilan o‘z ustida ishlab, katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarga minnatdorlik bildirdi. Shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, postanovkachi rejissyor, xalqaro tanlovlar g‘olibi Oleg Oshepkovga Toshkent shahridan uy ajratishga topshiriq berildi.
Shuningdek, Kar-soqovlar madaniyat markazi va sport federatsiyasiga ikkita avtobus sovg‘a qilindi.
1 iyul kuni O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazida ushbu sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari Nodir Otajonov, Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimligi vakillari, madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etdi.
«Kun.uz» muxbiri ham ushbu tantanali bayram dasturida qatnashdi. Quyidagi fotojamlanmada fayzli dasturxon atrofidagi suhbat jamiyat a'zolariga qanchalar katta xursandchilik bag‘ishlaganini ko‘rishingiz mumkin.




























Mavzuga oid
22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
15:38 / 13.02.2025