Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda yo‘qolib qolgan yosh futbolchilar 10 kundan keyin sog‘-omon topildi
Foto: epa/vostock-photo
Tailandda qutqaruvchilar 10 kun avval Txam Luang g‘orida yo‘qolib qolgan maktab futbol jamoasini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda 2 iyunda CNN telekanali ma'lum qildi.
11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 12 bola va ularning 25 yoshli murabbiyi 23 iyunda mashg‘ulotdan keyin tog‘dagi bog‘ga borishgan. Ular bog‘dagi g‘orga kirishga qaror qilishgan. Biroq yomg‘ir tufayli g‘orga kirish joyi suv ostida qolgan, futbolchilar esa g‘or ichida qolib ketishgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, ularning barchasi g‘avvoslar tomonidan sog‘ omon topilgan.
“Biz ularni sog‘-omon topdik. Biroq qutqaruv amaliyoti hali yakunlanmagan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Ta'kidlanishicha, bolalar juda oriqlab ketishgani sababli o‘zlari mustaqil harakatlana olmaydigan darajaga kelib qolishgan. Endi bolalarni tashqariga olib chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Mavzuga oid
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
13:50 / 14.01.2026
Tailandda poyezd ustiga qurilish krani quladi: o‘nlab qurbonlar bor
13:56 / 13.01.2026