Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamçi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, Özbekistonda 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar böyiça röyxatda turadi. KUN.UZ muxbiri 2 iyul kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida "Özbekistonda onkologiya xizmatining holati: onkologik kasalliklarning oldini oliş va barvaqt aniqlaşning samarali tizimini yaratiş, taşxislaş va davolaşning ilğor usullarini joriy etiş, zamonaviy diagnostika va davolaş apparatlari bilan ta'minlaş holati va istiqbollar" mavzusidagi matbuot anjumanida berilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, onkologik kasalliklariga çaliniş körsatkiçlari yildan-yilga ösib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamçi saraton holati aniqlanadi. Jumladan,  Özbekistonda ham 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar böyiça hisobda turadi.

Onkologik kasalliklar içida sut bezi saratoni yetakçilik qiladi. Keyingi örinlarda me'da, baçadon böyi va öpka saratoni qayd etiladi.

Şuni afsus bilan ta'kidlaş joizki, 50 foizdan ortiq holatlarda uşbu kasallik keçki, ya'ni uçinçi va törtinçi bosqiçlarda aniqlanmoqda, bunda esa ularni tölaqonli davolaş muşkul böladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 aprelda qabul qilingan "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantiriş va aholiga onkologik yordam körsatişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori bu borada öz yeçimini kutayotgan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etişda dasturil amal bölmoqda. Qarorda belgilangan vazifalar izçillik bilan hayotga tatbiq etilişi natijasida viloyatlardagi 15 ta onkologiya dispanseri Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallariga aylantirildi. Onkologiya muassasalari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi, onkologik kasalliklar diagnostikasi va davolaşning zamonaviy standartlari işlab çiqildi va tasdiqlandi.

Şuningdek onkologiya bilan boğliq muammolarning oldini oliş maqsadida Saraton profilaktikasi markazi taşkil etildi, kökrak bezi va böyin saratoni skrining tadqiqotlari boşlab yuborildi. Aholi örtasida onkologik jihatdan xabardorlikni oşiriş maqsadida maxsus guruhlar tuzilib, ular tomonidan muntazam ravişda çiqişlar taşkil qilinmoqda.

Sut bezi saratoni skriningini ötkaziş uçun 13 ta mobil va 16 ta statsionar mammografik uskunalar xarid qilinmoqda. Bundan taşqari, Farğona viloyatida tajriba tariqasida qizilöngaç, me'da va kolorektal saraton böyiça skrining tadqiqotlarini ötkaziş rejalaştirilgan.