Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada bortida 140 yo‘lovchi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi
Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinida bortida 140 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi. Oqibatida kamida 11 yo‘lovchi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, 30 dan ko‘proq odam qutqarib olingan. Ulardan 8 nafari shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Ta'kidlanishicha, parom sohildan 200 metr narida cho‘kib ketgan. Qutqaruv amaliyoti yomon ob-havo sharoiti tufayli qiyin kechmoqda. Ba'zi yo‘lovchilarning egnida qutqaruv jiletlari bo‘lgan.
“Biz amaliyotni politsiya, armiya, qutqaruv-qidiruv agentliklari va mahalliy aholi yordamida olib bormoqdamiz”, deb aytgan hukumat vakillaridan biri.
Parom nafaqat yo‘lovchilarni, balki avtomobillar va yuk mashinalarni olib ketayotgan bo‘lgan. U odamlarni Sulavesidan Selayar oroli tomon o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Parom kuchli shamol va baland to‘lqin ko‘tarilishi oqibatida cho‘kib ketgan.
Indoneziyada shunga o‘xshash voqea 17 iyunda Sumatra oroli yaqinida yuz bergandi. Bortida 200 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan parom cho‘kishi oqibatida 180 ga yaqin odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026