Jamiyat | 22:04 / 04.07.2018
12085
4 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh fuqarolar Tashkent City’dagi yangi bog‘ manzarasini muhokama qilishdi

Kelajak bog‘i – u qanday bo‘ladi? U o‘z ichiga nimalarni oladi va kimlar uchun mo‘ljallangan? Qanday imkoniyatlarni ochadi va tashrif buyuruvchilarga nimalarni va'da qiladi?

Turli kasblar, millatlar, yosh toifalari va ijtimoiy guruhlar vakillari to‘planib, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan yangi shahar bog‘ining tashqi qiyofasi va ichki to‘ldirilishi haqida suhbatlashib olishdi.

Davlat ahamiyatiga molik loyihaning hamkorlikdagi muhokamasida ishtirok etish bo‘yicha taklif onlayn OAV va boshqa axborot manbalarida e'lon qilindi. Bir haftadan kamroq muddatda o‘z fikrini bildirishni, ular bilan bo‘lishishni xohlaganlar soni barcha rekordlarni yangiladi. Tashkilotchilar maksimal darajada keng fikr doirasini olish uchun ishtirokchilarni qarashlarining xilma xilligi va mutaxassisligidan kelib chiqib saralab olishdi.

Uchrashuvda arxitektorlar, rassomlar, biznesmenlar, pedagoglar, yosh onalar – bir so‘z bilan aytganda, eng faol, kreativ fikrlovchi, o‘z shahriga befarq bo‘lmagan fuqarolar o‘zlarining ertangi kun bog‘i qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi g‘oyalari va tashabbuslarini bildirishdi.

Loyihaviy seminar “Tashkent city” XIM direksiyasi tomonidan Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining qo‘llab-quvvatlashi bilan “Strelka” TB hamkorligida fuqarolarni qurilishi davlat rahbarining shaxsan nazoratida turgan keng ko‘lamdagi loyihaning hammuallifligiga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Ta'kidlash lozimki, bunday loyihaning jamoatchilik muhokamasi O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar bunday muloqotdan dinamik va keskin ta'sirni kutishmoqda.

Seminar ishtirokchilari erkin tartibda har biri loyihalashtirish va innovatsion loyihaning qurilishining eng muhim jihatlarini muhokama qiladigan 4 ta guruhga bo‘linishdi. Diqqat markazida bog‘ning infratuzilmasi, uning shaharga mosligi, ekologiyasi va landshafti, loyihaning ijtimoiy-madaniy dasturlashtirilganligi kabi masalalar bo‘ldi.

Muhokamalar jo‘shqin va hayajonga boy tarzida o‘tdi – loyiha har birimizga tegishli bo‘lganligi sababli ham unga befarq bo‘lish qiyin-ku, to‘g‘rimi? Axir bog‘ katta yoshlilar uchun ham, yosh bolalar uchun ham, O‘zbekiston aholisi uchun ham, turistlar uchun ham – bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, hordiq chiqarish, ta'lim, sport va ko‘ngilochar hudud hisoblanadi.

Hududda keyingi yil oxirigacha 18 gektardan ortiq maydonda yangi zamonaviy bog‘ paydo bo‘ladi va u shaharliklar qanday xohlagan bo‘lsa, shunday ko‘rinishda bunyod qilinadi. Keng va ixcham, unda shaharning qaynoq hayotidan dam olish va bolalar bilan hordiq chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu yerda sport bilan shug‘ullanish uchun veloyo‘laklar tashkil qilinadi. Bog‘ ozoda, qulay, innovatsion, xavfsiz, eng asosiysi, hamma uchun ochiq bo‘ladi. Shu bilan birga, uning tashqi qiyofasi shaharning ko‘rinishiga ideal tarzda hamohang shakllantiriladi.

U biz qanday xohlagan bo‘lsak shunday bo‘ladi, chunki shaharliklarning o‘zi uning hammualliflaridir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid