Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzib, mehmonlari soni ellikdan oşgan holda töy tadbirini ötkazgan estrada xonandasiga BHMning 5 baravari (1 million 115 ming söm) miqdorida jarima belgilangani haqda xabar tarqatdi.
Bir qaraşda hammasi qonun doirasida bölgan, barçasi risoladagidek. Aslida-çi? Xonandaga jazo haqqoniy va adolatli tanlanganmi? Qonuniylik-çi, töla ta'minlanganmi?
Bu kabi savollarga karantinda ötgan yaqin ötmişimizni yodga olib javob izlaşga urinib köramiz.
Eslab köring: yaqin-yaqinlarda ruxsat etilmagan vaqtda öz avtotransport vositasida harakatlangan haydovçilarga eng kamida bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari – 4 mln 460 ming sömdan jarima qöllandi. Bu ham yetmagandek avtomaşinalari bir neça oylab qonunga xilof ravişda jarima maydonlarida uşlab turildi. Jarima-yu jarima maydoniga tölangan pullarning aniq hisobi bölmasa ham kerak.
Bu kabi ayovsiz jarimalar ortidan karantin e'lon qilinganining dastlabki oyidayoq davlat xazinasi sal kam 50 mlrd sömga boyidi. Ularning asosiy qismi karantin çeklovlari davrida avtomaşinani boşqargan şaxslarga töğri keldi.
Darhaqiqat, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi ikkinçi qismiga köra karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari (4 460 000 söm)dan 30 baravari (6 690 000 söm)gaça, mansabdor şaxslarga esa undan ham köproq, 50 baravari (11 150 000 söm)gaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Ammo hozir gap bu haqda emas.
Endi mavzuning ikkinçi va asosiy qismiga ötib, xonanda V.Isoqov belgilangan me'yorlardan oşirib töy qilganlikda ifodalangan qilmişining huquqiy malakalanişi va unga qöllangan jazo miqdoriga töxtalsak.


















