Bugun, 12 dekabr kuni, soat 15:00larda Tashkent city majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi quriliş materiallari saqlanadigan omborda yonğin sodir bölgani xabar qilingandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga köra, yonğin quruvçilarning ehtiyotsizligi tufayli ombordagi tez yonuvçi izolyatsiya materiallaridan çiqqan.
Soat 15:15da yonğin-qutqaruv bölinmalarining tezkor harakatlari natijasida yonğin töliq bartaraf etilgan. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöqligi aytilgan.










