Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning prezident lavozimiga kirishish marosimi 9 iyulda bo‘lib o‘tadi
Turkiyada o‘tgan saylovlarda qayta prezident etib saylangan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 iyulda qasamyod keltiradi. Bu haqda Erdo‘g‘an matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
Avvalroq inauguratsiya marosimi 8 iyulda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan.
“Prezidentimiz inauguratsiyasi dushanba kuni bo‘lib o‘tadi”, deb aytilgan xabarda.
Shu kuni vazirlar mahkamasining yangi tarkibi e'lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu tarkib boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tilayotgani sababli Turkiya prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Shu munosabat bilan Turkiya hukumati o‘z vakolatlarini prezidentga topshirdi. Bu haqdagi qaror Resmi Gazete nashrida chop etilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra, 1924 yildan 2017 yilgacha qabul qilingan bir qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘zgartirishlar mohiyati bosh vazir va hukumat ijrochilik vakolatlarining prezidentga topshirilishidan iborat. Bu o‘zgartirishlar prezident qasamyod keltirishi bilan kuchga kiradi.
Turkiyada o‘tgan prezident va parlament saylovlarida Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgan, uning Adolat va taraqqiyot partiyasi 41,56 foiz ovoz olgan.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026