Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning galdagi muhim vazifalari sifatida —
Investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifaksiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni, jumladan, mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yig‘imlar formatida mukofot olish imkoniyatini beruvchi yangi bloklar yaratish va taqsimlovchi platformani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyat), smart kontraktlar (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish bo‘yicha huquq va majburiyatlar bitilgan elektron shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, tarqatish, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) shuningdek, «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;
Malakali kadrlarni tayyorlash;
Kriptovalyutalar va «blokcheyn» texnologiyalari soxasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik;
Ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olib, bu borada zarur huquqiy bazani yaratish nazarda tutilmoqda.
2021 yilning 1 yanvaridan boshlab «blokcheyn» texnologiyalari davlat xaridlari, davlat xizmatlari ko‘rsatish, shaxs haqidagi ma'lumotlar verifikatsiyasi uchun davlat organlari faoliyatiga joriy qilinadi.
Qarorga ko‘ra 2018 yilning 1 oktabridan boshlab o‘rnatiladigan tartibga ko‘ra kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat, jumladan kripto-aktivlar bilan savdo qiluvchi kripto-birjalar yaratish litsenziyalanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
Mavzuga oid

16:48 / 01.12.2024
O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

09:53 / 04.03.2019
O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar hisobini yuritish yagona elektron tizimi yaratiladi

18:18 / 18.02.2019
Kadastr idoralarida tovlamachilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun blokcheyndan foydalanilmoqda

14:59 / 29.11.2018