Jamiyat | 14:10 / 06.07.2018
19339
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Botanic Boutique Hotel & Restaurant – haqiqiy mehmondo‘stlikni his eting

Tabiat bilan uyg‘unlik, o‘ziga xoslik, mukammal go‘zallik – Botanic Boutique Hotel & Restaurant`ga tashrif buyurgan har bir mehmonning e'tiborini ayni mana shu uch jihat darhol o‘ziga tortadi. Sababi, bu – odatiy va zerikarli mehmonxona emas, balki o‘z nomidan ko‘rinib turganidek –butik-oteldir. Xo‘sh, butik-otel o‘zi nima degani?

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

1980 yillardan boshlab dunyoning eng yirik shaharlarida butik-otel turidagi mehmonxonalar paydo bo‘la boshladi. Bunday otellarning boshqalardan ajralib turadigan eng muhim xususiyati – xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar soniga emas, balki xizmat sifatiga asosiy e'tiborni qaratishidir. Shuning uchun ham butik-otellarda xonalar soni odatda o‘ntadan yuztagacha bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda, bunday mehmonxonalarda odatdagi tor va siqiq yotoq o‘rniga shinam va keng hajmdagi xonalar taklif etiladi. Bundan tashqari, butik-otellar arxitekturaviy dizayni va interer uslubi bilan ham takrorlanmas jozibali bo‘lishi talab etiladi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Yozning jazirama kunlarida «BOTANIC TASHKENT» mehmonxona va restorani sizni o‘zining yozgi ayvonidagi «BOTANIC GARDEN» restoranini borib ko‘rishga  taklif etadi.Buning uchun shahar tashqarisiga chiqish shart emas.

«BOTANIC GARDEN» ochiq basseyni sizning eng yaqin do‘stingiz bo‘lib qoladi.Yozgi ayvonda siz tunlari dildan suhbat qurish imkoniyatiga egasiz.

Dushanba: Oddiy kun - 100 000

Seshanba: Ayollar birinchi (sababi har doim haq) 50% - 50 000

Chorshanba: 10-17 yoshdagi bolalar uchun Pups Day - 40 000

Payshanba: Kun +1 - 100 000

Juma: Sehrli juma - 99 000 (jumladan, salqin ichimliklar va mavsumiy mevalar)

Shanba: Haftaning sehrli yakuni - 99 000

Yakshanba: Haftaning sehrli yakuni - 99 000

Dam olish kunlari kattalar uchun 99000 so‘m,10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul,10yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 40000 so‘m (haftaning juma,shanba,yakshanba kunlari)

Mehmonxonamizning eng katta afzallik jihatlaridan biri – shovqindan xoli hududdagi toza havo va yam-yashil hovli. Botanic Boutique Hotel & Restaurant shunday maskanki, bu yerda shaharning tinimsiz shovqiniga o‘rin yo‘q. Demak, xizmat safari vaqtidagi mehnatni dam olish bilan uyg‘unlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant
Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Shahar markazidan uzoqda bo‘lsa kerak, deysizmi? Mutlaqo unday emas, butik-otelimizning joylashuvi shahardagi tig‘iz ish rejimidan chalg‘ib, shahar tashqarisiga chiqmagan holda xordiq chiqarish imkonini beradi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Qulaylik va shinamlik sifatlari Botanic Boutique Hotel & Restaurant taklif etadigan quyidagi barcha xizmat turlarida aks etib turadi:

- otelimizda o‘stiriladigan 7 xil eng maftunkor rangdagi gullarga monand 7 turdagi xonalar (shuningdek, imkoniyati cheklangan mijozlar uchun maxsus xonalar);

- konferens-zal;

- bar va restoran (yozgi va qishki);

- trenajyer zali;

- bilyard zona;

- massaj;

- ochiq va yopiq basseynlar;

- fin saunasi, yog‘och hammom, turk hammom;

- lyuks klassdagi avtomobillar haydovchi bilan ijarasi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant
Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant
Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant
Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Ko‘rib turganingizdek, mehmonxonamizda ishdan tashqari xordiq chiqarish uchun imkoniyatlar yetarli. Toshkentning issiq yozida Botanic Boutique Hotel & Restaurant`dagi ochiq basseyn tanangizga rohat bag‘ishlasa, uning yaqiniga o‘rnatilgan muloqot o‘rindiqlari kechalari yaqinlar bilan soatlab dildan suhbat qurish imkonini beradi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Massaj – tanada yig‘ilib qolgan charchoq va stressdan xoli bo‘lishning eng yaxshi usullaridan biri. Mehmonxonamizda Sizga taklif etiladigan Aroma Massage, Relax Massage, Health Massage, Classic Massage kabi bir necha turdagi uqalash seanslari tanangizga yengillik bag‘ishlaydi, qayta kuch to‘plashingizga ko‘maklashadi yoki xastaliklardan sog‘ayishingizning muhim qismiga aylanadi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Doimiy ravishda ish bilan bo‘lish va stresslar natijasida organizmning to‘laqonli dam olish qobiliyati susayadi, surunkali bosim ostida mushaklar ishchanligi kamaya boradi. Mushak to‘qimalarida esa modda almashinuvi mahsulotlari, ayniqsa, sut kislotasi to‘planib qoladi. Bu jarayon o‘ta sekinlik bilan yuz berishi sabab inson o‘z tanasidagi bunday charchoqni undan xalos bo‘lmaguncha sezmasligi ham mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, saunada parlanish mushaklarda yig‘ilib qolgan sut kislotasini tarqatib yuborishda katta yordam beradi. Haqiqatan ham, ko‘pchilik issiq saunadan chiqqach, anchagina bo‘shashib, yengil tortganidan so‘nggina tanasida qanchalik toliqish yig‘ilib qolganini tushunib yetadi. Ertasi kuni uyqudan uyg‘ongach kishi tetiklik va yuqori energiyani his etadi, tabiiyki, uning ishchanlik qobiliyati ham ortadi. «Botanik» butik-otelida Siz do‘stlaringiz bilan zamonaviy sauna va fin hammomida sifatli xordiq chiqarishingiz mumkin.

Faol dam olishni xush ko‘ruvchilar uchun mehmonxonamizda trenajyer zali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jismoniy mashqlar uchun sarf etilgan vaqt hech qachon behuda ketmaydi. Sababi tananing faolligi ruhiyatga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatib, inson fikrlashini tiniqlashtiradi.

Albatta, kishiga ko‘tarinki kayfiyat ulashishi shubhasiz bo‘lgan bir omilni yoddan chiqarmaslik kerak – mazali taom va yeguliklar. Botanic Boutique Hotel & Restaurant`ning professional oshpazlari tomonidan tayyorlangan lazzatli taomlar har bir mehmonga mamnunlik va quvonch hissini baxsh etadi.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant
Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Toshkent bo‘ylab sayohat uyushtirish va haydovchiga ega avtomobillar ijarasi ham mehmonxonamiz ko‘rsatadigan xizmatlar sirasiga kiradi. 10 kishilik o‘ringa ega Hyundai markasidagi miniven, Mercedes-Benz 222 (qora rangda), qolaversa, chet ellik eng nozik mehmonlaringizga professional xizmat ko‘rsatishga doim shay.

Foto: Botanic Boutique Hotel & Restaurant

Xalqimizda «Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal» degan naql bor. Shu naqlga amal qilgan holda mehmonxonamizni ta'riflashni shu yerda to‘xtatamiz-u, Sizni muhtaram mehmonimiz bo‘lishga taklif etamiz.

O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan sutkaning istalgan vaqtida quyida ko‘rsatib o‘tilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. Biz sizga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ne'mat berk ko‘chasi (sobiq Do‘rmon yo‘li ko‘chasi), 125-uy.

Mo‘ljal: Toshkent botanika bog‘i

Telefon: +99871 2690220

Xona band qilish uchun: +99899 8898402 (Dildora)

Restoran: +99899 8898403

Veb-sahifamiz: www.botanichotels.com

Email: reservation@botanichotels.com

Reklama huquqi asosida