Jamiyat | 18:00 / 07.07.2018
3244
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida joriy yilning 7 iyul kuni O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlovda ta'lim muassasalarining 16 ta jamoasi Qarshi davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali hamda Termiz davlat universitetining Denov filiallari ishtirok etishdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori O.Xudaynazarov KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti badiiy jamoasi 1-o‘rin, Qo‘qon davlat pedagogika instituti badiiy jamoasi 2-o‘rin, Guliston davlat universiteti badiiy jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga qiritdi. 

G‘olib bo‘lgan jamoalar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Diplom, Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish