Jahon | 21:32 / 09.07.2018
40668
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada boshqaruv shakli rasman o‘zgardi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyadagi prezident respublikasi davrining ilk rahbari sifatida qasamyod keltirdi.

Foto: aa.com.tr/ru
Foto: aa.com.tr/ru

«Barchasi butun xalqning ko‘z o‘ngida chiroyli o‘tdi. Umid qilamanki, bundan buyon ham Turkiyada hammasi yaxshi bo‘ladi», dedi Erdo‘g‘an qasamyod qilish marosimi yakunlangach.

Foto: aa.com.tr/ru

Parlament binosidan chiqqach, prezident Mustafa Kamol Otaturk maqbarasiga bordi va Turkiya Respublikasi asoschisiga ehtiromini bildirib guldasta qo‘ydi.

Foto: aa.com.tr/ru

Erdo‘g‘an korteji butun yo‘l bo‘ylab aholi tomonidan taqdim etilgan gullarga qoplandi.

Foto: aa.com.tr/ru
Foto: aa.com.tr/ru

Shu bilan bugundan mamlakatda boshqaruv parlament shaklidan rasman prezident shakliga o‘tdi.  

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid