Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinni o‘ziga raqib deb bilishini aytdi
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni raqibi deb hisoblaydi, deya xabar beradi Bloomberg.
Amerika yetakchisi jurnalistlarning Putinni do‘sti yoki dushmani deb bilishi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday bayonot berdi. U shuningdek Putin bilan kutilayotgan uchrashuv Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan yengilroq kechishi mumkinligini ta'kidladi.
Vladimir Putin va Donald Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashishadi. Siyosatchilar ikki tomonlama munosabatlarning keyingi rivoji istiqbollari va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.
Ushbu muzokaralardan bir necha kun oldin Amerika prezidenti Bryusseldagi NATO sammitida ishtirok etadi, shundan so‘ng Mey bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
17:52 / 10.04.2026
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55 / 10.04.2026
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
18:40 / 27.03.2026