Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tarixida ilk marta ayol sportchi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan Kumushxon Fayzullayeva ikki kurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Dast ko‘tarishda 94 kilogramm bilan uchinchi natija qayd etgan Kumushxon Fayzullayeva siltab ko‘tarish mashqida o‘z mahoratini namoyish qilib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush va bronza medallari Misr hamda Tunis terma jamoasi vakilalariga nasib etdi.
Ta'kidlash joizki, Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. Bu terma jamoamizning musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi oltin medali edi. Ikki kun muqaddam erkaklar o‘tasida Adham Ergashev "+62 kg" vazn toifasida ham dunyo birinchiligida zafar quchgan edi.
Mavzuga oid
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
12:41 / 16.03.2026