Tramp Germaniyani Rossiyaning asiriga aylangan davlat deb atadi - video
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammiti arafasida alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvida Germaniyani «North stream» gaz quvuri va Rossiya byudjyetiga milliardlab dollar o‘tkazib berayotganini keskin tanqid qildi.
Jumladan, Tramp uchrashuvda ushbu so‘zlarni aytdi:

«Ta'kidlashim joizki, Germaniya o‘zini Rossiyadan himoya qilish o‘rniga u bilan yirik neft va gazga oid shartnomalarni imzolayotgani, Rossiyaga yiliga milliard-milliard dollar to‘lab berayotgani juda qayg‘uli.
Biz Germaniyani himoya qilamiz, biz Fransiyani himoya qilamiz, biz ko‘plab davlatlarni himoya qilamiz, bu davlatlarning ko‘pchiligi esa Rossiya bilan gaz quvurlari borasida shartnoma imzolashadi va Rossiya g‘aznasiga milliardlab dollar to‘lashadi.
Biz sizlarni Rossiyadan himoya qilishimiz kerak, sizlar esa Rossiyaga pul bermoqdasizlar.
O‘ylaymanki, bu aslo maqbul holat emas. Germaniyaning sobiq kansleri gaz yetkazib beruvchi kompaniyaga rahbarlik qilmoqda. Rossiya esa gaz yordamida Germaniyaning 70 foizini nazorat qilmoqda. Qani aytingchi, bu maqbul holatmi? Men lavozimga kirishganimning dastlabki kunidanoq shikoyat qilish, hech qachon yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan narsaga yo‘l qo‘yish?
Germaniya to‘liq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi, chunki bu mamlakat iste'mol qilayotgan energiyaning 60–70 foizi Rossiyadan yangi gaz quvuri orqali keladi.
Endi ayting, bu maqbul holatmi? Menimcha, yo‘q. Fikrimcha, bu NATO uchun juda yomon. Bunaqa holat bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu holatni Germaniya bilan ham muhokama etishimiz kerak, deb o‘ylayman.
Bularning barisiga qo‘shimcha ravishda Germaniya [NATOga YaIMining] 1 foizdan ortiqrog‘ini o‘tkazadi, AQSh esa bir necha karra kattaroq bo‘lgan YaIMidan real raqamlarda 4,2 foiz o‘tkazadi. Bu holat ham, menimcha, maqbul emas.
Biz Germaniyani himoya qilamiz, biz Fransiyani himoya qilamiz, biz barchani himoya qilamiz, biz mudofaa uchun juda katta pullarni sarflamoqdamiz. Bu holat o‘nlab yillardan buyon davom etib kelmoqda».
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

00:11
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi

11:10 / 01.07.2025
“Propaganda ham nima deyishni bilmaydi” - Rossiya NATOdagi kelishuvga qanday reaksiya qiladi?

10:25 / 01.07.2025
FT: NATO Odessa qo‘lga kiritilishi va kuzgacha frontda o‘zgarish sodir bo‘lishidan xavotirda

21:44 / 27.06.2025