Amerikaliklar oxirgi 50 yil ichidagi eng yaxshi prezidentni tanlashdi
AQShda oxirgi 50 yil ichidagi eng yaxshi prezidentni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 44 foiz so‘ralganlar Barak Obama eng yaxshi prezidentlar reytingida birinchi yoki ikkinchi o‘rin egallashini aytishgan. Bunday ma'lumotlar jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazi Pew tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada keltirilgan.
2002 nafar amerikalikdan “Siz yashayotgan vaqtdagi prezidentlardan qaysi biri o‘z ishini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bajargan?” deb so‘ralgan. Yakuniy natijalarda birinchi ikki o‘rin hisobga olingan.
So‘rovnomaga ko‘ra, Obama reytingda 1-o‘rinni egallagan. 32 foiz so‘ralganlar Bill Klintonni qo‘llab-quvvatlashgan. Reytingda 3-o‘rinni 32 foiz ovoz bilan Ronald Reygan egallagan.
19 foiz so‘ralganlar amaldagi prezident Donald Trampga ovoz berishgan. Ta'kidlanishicha, amaldagi prezidentni kamdan-kam holatda eng yaxshi prezident deb atashadi. Misol uchun, Obamaning prezidentligi vaqtida eng yaxshi prezidentlar reytingida 1-o‘rinni Klinton egallagan.
Joriy reytingning 5-o‘rniga Jorj Bush qo‘yilgan, unga 14 foiz so‘ralganlar ovoz bergan. So‘ralganlardan har o‘ninchisi Jon Kennediga ovoz bergan, vaholanki ulardan deyarli yarmi uning prezidentligi vaqtida hali dunyoga ham kelmagan.
Tadqiqotda ta'kidlanishicha, amerikaliklarning bu boradagi qarashlari ularning yoshiga bog‘liq ekan: 21-asrda tug‘ilganlar ko‘proq Obamaga ovoz berishgan, yoshi kattalar esa Reyganni xush ko‘rishlari ma'lum bo‘lgan. Shuningdek, tanlovga saylovchilarning siyosiy qarashlari ham ta'sir qilgan. Demokratlar ko‘proq o‘z vakillari – Obamani, respublikachilar esa Reyganni qo‘llab-quvvatlashgan.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:46 / 05.11.2024
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
18:53 / 05.11.2024