Psixologiya fanida ekstravert va introvert kabi tuşunçalar mavjud. Ekstravert – xulq-atvori atrofdagi odamlar ular bilan özaro faol hamkorlik qilişga qaratilgan şaxs.

Introvert – xatti-harakatlari içga, ya'ni öz-öziga qaratilgan şaxs.

Aynan şu tuşunçalardan kelib çiqib bu ikki toifa haqida qaraşlar yuzaga kelgan. Uşbu maqolada bu qaraşlar qançalik haqiqatga yaqinligi borasida söz yuritiladi.

Introvertlar har doim ham uyatçan emas, ekstravertlar ham muloqotdan çarçaydilar.

Foto: iStock

1. Introvertlar tadbirlardan zavq olişmaydi

Ular vaqtlarini yolğizlikda ötkazişni xuş körişadi va ekstravertlarga qaraganda taşqi omillardan tez çarçaydilar. Biroq bu ularga tadbirlar umuman yoqmasligini anglatmaydi. Bor-yöği introvert uyga vaqtliroq ketişini anglatadi, xolos. The Relationship between Extraversion and Happiness tadqiqotlari natijalariga köra, har ikki toifadagi odamlar muloqotdan birdek huzurlanişadi.

Hatto tadbirlardan söng introvertlar özlarini böşab qolgandek his qiladi, degan fikr ham mutlaq töğri emas. Ularning har ikkisi ham muloqot vaqtida baxtni, undan keyin esa çarçoqni his etadi. Özaro suhbat uçun harakat qilişga töğri kelgani bois çarçaş hissi tabiiy. Bu yerda gap introvertlik yoki ekstravertlikda emas, inson tabiatidadir.

2. Introvertlar har doim uyatçan, ekstravertlar — erkin

Uyatçan odamlar jamoada xavotir, qörquv va noqulaylikni his etişadi. Introvertlar şovqinli bayram keçalarini yoqtirişmaydi, biroq muloqotda özlarini qulay his qilişadi.

Introvertlik va uyatçanlik qisman kesişadi, olimlar bu nima uçun sodir bölişining javobini bilişmaydi.

Balki introvertlarda miyaning qörquv uçun javob beradigan qismi faolroqdir. Şuning uçun xavotir ijtimoiy jarayonlarda işonçsizlik va uyatçanlikka aylanadi.

Biroq buni boşqaça tuşuntiriş ham mumkin. Introvertlar kamroq muloqot qilişni istaganliklari uçun ularda ijtimoiylaşuv tajribasi kamroq. Natijada ular muloqot vaqtida özlarini noqulay his etişadi. Biroq bu hammaga tegişli emas.

Qaysi toifadagi odam bölişingizga qaramay, öz-öziga işonç hissini rivojlantiriş mumkin. Buning uçun ijtimoiy könikmalar ustida işlang va ularni doimiy ravişda maşq qiling.