Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar iştirokida olinadigan kontentlar ortida qanday maqsadlar yotadi? Uşbu kontentlar bolalarning ruhiyati va tarbiyasiga, ularni kuzatayotgan bolalar auditoriyasiga qanday ta’sir qiladi? Kun.uz bu masalada mutaxassis va bolalar huquqlarini himoya qiluvçi taşkilot fikrlarini örgandi.
Bugun jilovsiz axborot makoni hammamizni öz qa’riga tortyapti. Ijtimoiy tarmoqlar esa köpçilikning eng köp vaqt sarflaydigan makoni va u yerda bolalar iştirokida ham köplab kontent yaratilmoqda. Bu roliklarda ularning öz yoşiga munosib bölmagan turli holatlarni talqin qilayotganini köriş mumkin. Ular ijtimoiy tarmoqlarda millionlab marta köriladi. Bolalar bu rollarda kattalarga taqlid qilişadi, kattalarga xos emotsiyalar, köz qaraşlar, qoçirimlarni bajarişadi.
Bolalarning bunday loyihalarda iştirok etişi, buni ularga va boşqa bolalar tarbiyasiga ta’siri haqida mutaxassislardan izoh söradik.
Guli Törayeva, psixolog:
“Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni 2ga böliş mumkin: foydali, biror ma’lumot oliş mumkin bölgan kontentlar va şunçaki odamlar e’tiborini qozoniş, “prosmotr” uçun, layklar sonini köpaytiriş uçun olinayotgan roliklar. Buni oddiy hol deb qaraşimiz, bolalarning aktyorlik qobiliyatlariga tan berişimiz mumkin. Bu masalaning bizga körinib turgan tomoni. Ammo uning közga körinmaydigan tomoni ham bor.
Bolalarimiz 7 yoşdan to maktabni tugatgunça bölgan davrda ilm olişga eng ehtiyojmand bölişadi. Biz ularni qayerga yönaltirsak öşa tarafga yönaladi. Ya’ni ular kattalarni rolini öynayapti. Bizda “onaxotin” degan atama bor-ku, xuddi şu holatga tuşişadi. Bolada bolani körmaysiz, özini tutişi, gap-sözi kattalar kabi. Şu rolga ötib olgan bolalar özini kattalarday tutib öz oilalarida oilaviy muhitni buzmasliklariga heç kim kafolat bermaydi.
Bu rollarni ular özlari qila olmaydi, ularning orqasida rejissyorlari bor. Bu rejissyorlar albatta ota-onalar. Bu roliklarni oliş, auditoriya yiğişning özi bölmaydi – katta mehnat talab qiladi. Bu bolalar ota-onaning qurboni bölyapti. Ular qaysidir maqsadda – yoki pul topiş uçun, yoki auditoriya yiğiş uçun, e’tiborda böliş uçun ota-ona farzandidan foydalanyapti. Bu yerda ruhiy bosim turibdi”.
Sitora Alixonzoda, jurnalist (Turkiya):
“Turkiyada oxirgi paytda aynan mana şu masalalarda jamoatçilik jiddiy talablar bilan çiqyapti. Hatto instagramdagi fenomenlar, (bizda instabloger deyilarmidi) bolalarini tuğilganidan boşlab, kun tartibini, közini oçişi bilan telefonda video olib tinimsiz relslarda, storislarda joylaşi, umuman yoş bolalarini "reklama" qilib pul topayotganlarni javobgarlikka tortiş haqida qaror taşabbusi bilan çiqişyapti. Takliflar berilyapti.











