Senatning yalpi majlisida «Aholiga psixologik yordam körsatiş töğrisida»gi qonun muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, maktabgaça ta’lim tizimida 2,5 mingdan, umumiy örta ta’lim maktablarida 13 mingdan ziyod pedagog-psixologlar faoliyat olib bormoqda. Şu bilan birga, psixologiya yönalişida maslahat beriş, onlayn va oflayn formatda öquv, trening, seminarlar ötkaziş orqali xususiy tartibda psixologik yordam körsatiş faoliyati ham keng tarqalgan. Qonun bilan aholiga psixologik yordam körsatişning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, şakllari hamda standartlari belgilanmoqda.

Qonunda psixologik yordam körsatiş standartlari Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan işlab çiqilişi va tasdiqlanişi hamda psixologik yordam körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxs rahbari psixologiya sohasida oliy ma’lumotga ega bölişi kerakligi nazarda tutilmoqda.

Psixologik yordam körsatiş sohasi iştirokçilarining huquq va majburiyatlarini belgilaş, bepul psixologik yordam körsatiladigan şaxslar toifalarini aniqlaştiriş, aholiga psixologik yordam körsatiş sohasidagi professional uyuşmalari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratiş közda tutilyapti.

Şuningdek, psixologiya yönalişidan boşqa oliy ma’lumotga ega bölgan şaxslar xususiy tartibda psixologik yordam körsatiş faoliyati bilan şuğullanişdan avval psixologiya mutaxassisligi uçun qayta tayyorlovdan ötişi kerakligi belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks psixologik yordamni bunday huquqqa ega bölmagan şaxs tomonidan körsatiş yoxud aholiga psixologik yordam körsatiş töğrisidagi qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya etmaslik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimça normalar bilan töldiriladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.