Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada issiq havo tufayli mingdan ko‘proq odam shifoxonaga tushdi
Yaponiyada katta hududda, jumladan yaqinda toshqinlardan jabr ko‘rgan tumanlarda issiq havo sababli bir kun ichida 4 kishi vafot etdi, 1042 kishi shifoxonaga tushdi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi ma'lum qildi.
Issiq havo tufayli Sidzuoka, Siga, Xirosima va Toyama prefekturalarida 4 kishi vafot etgan.
Issiq havo, shuningdek, yaqinda toshqinlardan jabr ko‘rgan hududlarda ham kuzatilmoqda. Xirosimada termometr ko‘rsatgichi 37 daraja issiqqacha, Gifu, Kioto, Mieda esa 38 darajagacha ko‘tarilgan. Toshqin yuz bergan hududlarda vaziyat suv ta'minoti ishlamayotgani sababli yana-da murakkablashgan.
Prognozlarga ko‘ra, Yaponiyaning katta hududida 15 iyulda ham issiq havo saqlanib qolinib, harorat 40 darajagacha yetishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026