22:02 / 14.07.2018
18103

Ukrainaning sobiq ichki ishlar vaziri Kiyevga Qrimni qaytarib olish rejasini taklif qildi

Foto: TASS

Ukrainaning sobiq ichki ishlar vaziri Anatoliy Mogilev Qrimni Dnepr suvi bilan ta'minlashni taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyevga yarimorolning "qayta integratsiya" qilinishiga yordam beradi. Mogilev Qrim tashqaridan suv kelmasa "qurishini", chunki yarimorolning shimoliy va markaziy qismida "bo‘sh joylar ko‘pligi" va "katta suv zaxirasi" yo‘qligini aytdi.

"Agar Qrimda yashayotganlarni Ukraina fuqarolari deb hisoblasak va kelajakda Qrimning qayta qo‘shilishini o‘ylaydigan bo‘lsak, u holda u yerda yashayotgan odamlar haqida o‘ylashimiz kerak. Suv inson hayotidagi eng muhim narsalardan biri ekanligini bilamiz. U yerda halokat, qurg‘oqchilik bo‘lishi, lekin faqatgina Dneprdan suv berilganida vaziyat o‘nglanishi mumkin", — dedi Mogilev "112 Ukraina" telekanaliga bergan intervyusida.

Sobiq vazir shuningdek Kiyevga suvni “Qora dengizga to‘kish o‘rniga” yarimorolga sotishni taklif qildi.

Ukrainalik siyosatchi va amaldorlar Qrimni qaytarib olish haqida bir necha bor gapirishgan. Mamlakatning sobiq prezidenti Leonid Kravchuk bu maqsadni amalga oshirish uchun yarimorolga alohida maqom berishni, bunda “hokimiyat sub'yekti qrim tatarlari” bo‘lishlarini taklif qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiya tarkibiga kirgan.

Mavzuga oid
Top