Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men u g‘olib bo‘lishini istaganman». Putin - Trampning saylovdagi g‘alabasi haqida
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildiki, 2016 yilda u AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘olib chiqishini istagan.
«Men u g‘olib bo‘lishini istagandim, chunki u Rossiya-Amerika munosabatlari yaxshilanishi haqida aytardi. Rossiyaliklarda unga simpatiya bor edi. Bu normal holat», — dedi Putin Tramp bilan muzokaralar yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida.
Putin shuningdek «Rossiya hech qachon Amerikadagi saylovlarga aralashmagani va bundan keyin ham aralashmasligi» haqida ta'kidlab o‘tgan.
Tramp bilan muzokaralarni Rossiya prezidenti «muvaffaqiyatli va foydali» deb atadi.
«Barchaga ayonki, ikki tomonlama munosabatlar murakkab davrni boshdan kechirmoqda, ammo bu qiyinchiliklar, tarang vaziyat obektiv sabablarga ega emas», — degan Putin.
U sovuq urush davri allaqachon tugagani va dunyodagi siyosiy vaziyat «keskin o‘zgargani»ni qo‘shimcha qilgan.
«Sovuq urush allaqachon tugagan, ikki mamlakatning o‘tkir g‘oyaviy qarama-qarshiligi uzoq tarixda qoldi, dunyodagi vaziyat tubdan o‘zgardi», degan u.
Tramp AQSh va Rossiya munosabatlari hech qachon hozirgi kabi yomonlashmagani, ammo endi ular vaziyatni yaxshilash uchun harakat boshlashgani haqida gapirgan.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025