Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablardagi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?
17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan umumiy o‘rta ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Xalq ta'limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, XTV tizimini takomillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Tizimni boshqarish tuzilmasini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda tizim muassasalari tuzilmasi, shtat jadvallarini ko‘rib chiqish, tasdiqlash, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha vazirga tegishli vakolatlar berish;
2. Maktab direktorlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqib, korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, maktab direktori menejyer sifatida va qolgan o‘rinbosarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish faoliyatini olib borishlarini yo‘lga qo‘yish. Direktorlarning sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;
3. Jamoaviy nazorat tizimini kuchaytirish uchun Kuzatuv kengashlarini tuzish va ularning rolini oshirish;
4. Qurilish ishlarini sifatli tashkil etish uchun maxsus Injiniring kompaniyasini tashkil etish. Shu bilan birga, quruvchini tanlash va qurilishni amalga oshirish ishlarini mahalliy hokimliklarda qoldirish;
5. Barcha hududlarda namunaviy maktab sifatida “Kelajak maktabi”ni tashkil etish.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
08:41 / 25.06.2026
1 iyuldan mahallalar boshqaruvida muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026