Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir tashkilotga xodimlarini Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish imkoniyati berildi
Maktabgacha ta'lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Hukumatning 2018 yil 18 iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga ham shunday huquq berilgandi. Shu tariqa, ro‘yxatdagi tashkilotlar soni 67 taga yetdi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026