19:49 / 20.07.2018
11491

«Manchester Yunayted»ning yangi sardori e'lon qilindi

Foto: PAUL ELLIS/AFP/GETTY IMAGES

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino klubning yangi sardori nomini e'lon qildi.

O‘tgan mavsumda jamoaga Maykl Kerrik sardorlik qilgan, Antonio Valensiya esa vitse-sardor bo‘lgan edi. 

«Bu yil bog‘ichni Valensiya oladi, u o‘tgan mavsumda vitse-sardor edi, demak bu borada yangilik yo‘q. U maydonda yo‘q bo‘lgan hollarda esa ko‘ramiz, Kris Smolling, Eshli Yang, Ander Errera yoki Xuan Mata, mana shulardan birini tanlaymiz» — dedi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Valensiya o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Top