Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Skripallarni zaharlashda gumonlanayotganlar Buyuk Britaniyadan qochib ketdi
«Skripallar ishi» bo‘yicha ikki nafar gumonlanuvchi Buyuk Britaniyani tark etib bo‘ldi. Ularning shaxsi Britaniya politsiyasi tomonidan yuzlarni farqlash tizimi yordamida aniqlangan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Ta'kidlanishicha, ularning mamlakatni tark etgani bir nechta belgi orqali ma'lum bo‘lgan. Xususan, Kiprdagi britaniyalik harbiylar Moskvaga rus tilida yuborilgan kodlangan xabarni tutib olishdi, unda ularning mamlakatdan qochib chiqishi haqida aytiladi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, gumonlanuvchilar shaxsi yuzlarni farqlash texnologiyasiga ega yashirin kuzatuv kameralari tufayli aniqlangan. Politsiyachilar aeroportdan va Solsberidan olingan kadrlarni o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Buyuk Britaniyani tijorat aviareysida o‘ylab topilgan nomlar ostida tark etishdi. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, zaharlaganlar aniq rossiyaliklar bo‘lgani noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sukut Rossiyaga yordam berayotgani, Britaniyaga «Skripal qonuni» kerak ekani haqida yozilgandi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026