Jahon | 20:30 / 20.07.2018
7154
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyani 2011 yildan boshlab 7 million kishi tark etgan

Foto: riafan.ru

Suriyani 2011 yilda harbiy harakatlar boshlangandan keyin deyarli 7 mln kishi tark etgan. Ulardan 1,5 mln nafari yaqin orada o‘z uylariga qaytishga tayyor, deb ma'lum qildi Rossiyaning mudofaani boshqarish milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizintsev.

“2011 yildan boshlab Suriyani 6 mln 900 ming kishi tark etgan”, deb ma'lum qilgan Mizintsev. 

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda suriyalik qochqinlar 45 ta davlatda yashamoqda. Ulardan aksariyati Turkiya bilan chegaradosh hududlarda, Livan, Iordaniya va Iroqda qo‘nim topgan. 

Mizintsevning ta'kidlashicha, Suriyaning harbiy harakatlardan eng kam talofat ko‘rgan 76 ta aholi punktida hozirdayoq 336,5 ming kishi joylashtirilishi mumkin. “Ularga birinchi navbatda Livan va Iordaniyadan qochqinlar qaytishi ko‘zda tutilgan”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya vakili.

Mavzuga oid