O‘zbekistonda Aju universitetining filiali va klinikasi tashkil etilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida turli sohalar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq qator shartnomalar imzolangan edi. Ushbu kelishuvlar doirasida Janubiy Koreyaning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari filial va klinikalarini O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimlari ham tuzilgan.
Shu munosabat bilan kuni kecha sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan Janubiy Koreyaning Aju universiteti prorektori Lim Jyeyk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Aju universitetining yurtimizda filiali va klinikasini tashkil etish, uni samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar ta'minoti bo‘yicha muzokaralar olib borildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, 1973 yilda tashkil etilgan Aju universiteti nafaqat Janubiy Koreyada, balki jahonda ham nufuzli oliy o‘quv yurtlardan biri hisoblanadi. Yiliga 750 nafarga yaqin xorijiy talabalar ham tahsil oladigan ushbu oliy o‘quv muassasasi dunyoning 58 mamlakatining 200dan ortiq taniqli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda bu yerdagi mavjud sakkizta fakultetda — tibbiyot, texnika, axborot texnologiyalari, yuridik, tabiiy va gumanitar fanlar hamda biznes yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi.
Mavzuga oid
17:43
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlatilgan prezidenti yana so‘roqqa kelmadi
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
16:31 / 18.12.2024