Olovda yoqilgan chaqaloqlar: samarqandlik jinoiy guruhning vahshiyligiga barham berildi
Samarqandda bolalar savdosi bilan shug‘ullangan, hech kim olmagan bolalar esa nobud qilingan xususiy klinika haqida avval xabarlar tarqalgandi. Ushbu jinoiy ish bo‘yicha aybdorlarga sud hukmi chiqarildi. "O‘zbekiston" telekanalida ushbu voqeaga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.
Shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullashgan. Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyati sudining hukmiga ko‘ra, Nargiz Sanaxonova Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 13 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Uning jinoiy sherigi Dilorom Nasimovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari, 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida 12 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024