21:48 / 21.07.2018
23540

Forbes dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan yulduzlari ro‘yxatini e'lon qildi

Forbes e'lon qilgan eng ko‘p pul ishlab topgan jahon yulduzlari reytingida Floyd Meyvezer birinchi o‘rinda joylashdi. U bir yil davomida 285 mln dollar pul ishlab topgani ma'lum bo‘ldi.

Floyd Meyvezer
Foto: Reuters

Ikkinchi o‘ringa 239 mln dollar ishlab topgan aktyor Jorj Kluni joylashdi. U asosiy daromadni filmlardagi ishtirokidan emas, balki uning alkogolli ichimliklar ishlab chiqaradigan Diageo kompaniyasining Casamigos brendi ostidagi tekila ichimligi sotuvidan topdi.

Jorj Kluni
Foto: AP

Reytingdan o‘rin egallagan yulduzlarning 12%i o‘tgan yilgi ro‘yxatdan joy olmagandi. Bu yilgi reytingga qaytgan mashhurlar orasida Irlandiyaning U2 rok-guruhi (6-o‘rin: $118 mln), Amerikaning The Eagles rok-guruhi (41-o‘rin: $56 mln) hamda Britaniyaning afsonaviy Depeche Mode (44-o‘rin: $53 mln) va The Rolling Stones rok-guruhlari (80-o‘rin: $39 mln) bor. 

Jahonning eng ko‘p haq to‘lanadigan 100 nafar mashhur kishisi reytingi yulduzlarning 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyunga qadar soliq to‘lovlari hamda menejyerlar, agentlar va advokatlarga to‘lanadigan gonorarlar chiqarib tashlanmagan holdagi daromadlari asosida tuziladi. 

Keyingi yigirma yil davomida Forbes talqini bo‘yicha eng ko‘p daromad topgan mashhurlar reytingiga 700dan ortiq aktyor va aktrisalar, musiqachilar va sportchilar kiritilgan. Bu yilgi reytingga 17 davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Barbados, Portugaliya, Irlandiya, Braziliya, Argentina, Avstraliya, Shveytsariya, Kanada, Xitoy, Meksika, Kolumbiya, Germaniya, Ispaniya, Gretsiya va Hindiston fuqarolari kiritildi.

Top