21:16 / 23.07.2018
41932

Utkin: «Ermatov menga sovg‘a berib yuboribdi»

Foto: kremlinrus

Rossiyalik mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin sports.ru`ga katta intervyu berdi va tabiiyki, ushbu suhbat chog‘ida hamyurtimiz Ravshan Ermatov bilan bog‘liq voqeaga ham to‘xtab o‘tildi.

«Men qaysidir ma'noda ahmoqona ish qildim, qo‘shilaman, ammo men bunday reaksiya bo‘lishini ham kutmagandim. Bir marta instagramda, «Terek» – «Spartak» o‘yiniga bag‘ishlab, bir poda qo‘ylar va itning rasmini xazil tariqasida qo‘yganimda meni tushunishmagandi. o‘sha postni o‘chirib, keyin uzr so‘ragandim. Bu ham o‘sha voqeaga o‘xshaydi» – dedi Utkin. 

«Mendan, Ermatov bilan stolda yuzma-yuz o‘tirganda ham shunday deya olasizmi, deb ko‘p so‘rashdi. Nega? Hakamlarni haqorat qiladiganlar ham yuzlariga shu gapni ayta olishadimi? Yoki hakam stolda o‘tirib, o‘yinni boshqaradimi? Yo‘q. Men kim haqida yozsam, uning orqasidan yuziga aytish uchun yugurib yurmayman-ku? Misol uchun Raul haqida maqola yozsam, uning ham oldiga borishim kerakmi? Men jurnalistman», - deb aytgan sharhlovchi.

Shuningdek, Utkin o‘z ishi uchun uzr so‘raganini va hatto Ermatov unga sovg‘a jo‘natib yuborganini gapirib berdi. 

«Men uzr so‘radim. Yaqinda Denis Kazanskiy bilan gaplashdim. U jahon chempionati o‘yinlarini o‘zbekistonliklar uchun sharhladi. Uning aytishicha, Ravshan Ermatov menga sovg‘a berib yuboribdi.

Ermatov haqidagi tvitlarim shunchaki hissiyotlarimni namoyish qilish shakli edi. Men atayin shunday qilaman», - dedi Utkin.

Eslatib o‘tamiz, Utkin jahon chempionatida ishlagan Ravshan Ermatov haqida haqoratomuz tvit yozib, keyin uzr so‘ragan edi.

Futbolga oid shu va boshqa eng so‘nggi yangiliklarni hamkorimiz Tribuna.uz saytida kuzatib boring.

Mavzuga oid
Top