Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekkonsert” yigirmadan ortiq san'atkorni noqonuniy faoliyati uchun ogohlantirdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi noqonuniy (litsenziyasiz) faoliyat yuritayotgan xonandalarga ogohlantirish berdi.
Muassasaning ma'lum qilishicha, yigirmadan ortiq estrada xonandalari uch kun muddat ichida belgilangan tartibda litsenziya uchun davlat bojini to‘lab, hujjatlarini rasmiylashtirib, muassasaga taqdim etishlari shart.
“Aks xolda, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ma'lum qilamiz”, - deyiladi ogohlantirishda.
“O‘zbekkonsert” ro‘yxatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rayhon G‘aniyeva, Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Otabek Mutalxo‘jayev, Doston Ubaydullayev, so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va boshqa estrada xonandalari nomlari keltirilgan.

Mavzuga oid
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026