Jahon | 11:30 / 24.07.2018
4358
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda biznes sayohat xarajatlari oshishi kutilmoqda

REUTERS/Darren Whiteside/File Photo

Barqaror xalqaro iqtisodiyot va neft bahosi o‘sib borishi keyingi yilda aviasayohat qiymati yuqorilashiga olib keladi. Aviaqatnovlar 2.6 foizga, mehmonxona xarajatlari esa 3.7 foizga  oshadi. Prognozga ko‘ra, savdo urushi oqibatlari ham bunga ta'sir o‘tkazolmaydi.

Carlson Wagonlit Travel (CWT) va the Global Business Travel Associatin (GBTA) yillik statistikasiga ko‘ra, Hindiston, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Germaniya va Chili kabi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foizga ko‘tariladi.

International Air Transport Association iyun oyida yo‘lovchilar oqimi 2011 yildan beri birinchi marta 3.2 foizga yuqorilashini aytmoqda. CWT/GBTA o‘tgan yili chipta narxlari 3.5 foiz o‘sishini taxmin qilishgandi.

Aviasayohat narx-navosi, o‘z navbatida, mehmonxona xarajatlariga ta'sir o‘tkazadi, chunki biznes sayohatchilar vaqtinchalik turar joylarga ehtiyoj sezishadi.

Osiyo, Yevropa davlatlarida 5 foiz, Shimoliy Amerikada 2.1 foiz o‘sish kuzatilsa, Lotin Amerikasida, aksincha, 1.3 foizlik pasayish qayd etiladi.

Keyingi yilda global iqtisodiyot barqarorligi saqlanib turishi kutilayotgan bo‘lsa-da, savdo urushlari va Brexit amalga oshishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.