Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozgi Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasida qur'a natijalari o‘zgardi
Shu yilning 18 avgustidan 2 sentabrga qadar Indoneziyada yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Futbol bo‘yicha musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnashadi.
Shu yilning 5 iyul kuni musobaqaga qur'a tashlangandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari bilan birgalikda B guruhdan o‘rin olgandi.
Musobaqaga BAA va Falastin terma jamoalari qo‘shilishi munosabati bilan qur'a natijalari o‘zgardi, deb xabar beradi PFL sayti. Ammo bu o‘zgarish O‘zbekiston terma jamoasi guruhiga ta'sir qilmadi.
BAA terma jamoasi Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari joylashgan Ye guruhidan o‘rin oldi. Falastin esa Indoneziya, Gonkong, Laos va Xitoy Taypeyi bilan birgalikda A guruhiga joylashdi.

Mavzuga oid
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
18:48 / 12.02.2025