Sönggi vaqtlarda Özbekistonda ta'lim sohasida köplab yangiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, oliy ta'lim tizimida sirtqi va keçki ta'lim yölga qöyilmoqda, masofadan ta'lim oliş imkoni körib çiqilmoqda, ikkinçi va undan keyingi oliy ma'lumot olişga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining röyxati tasdiqlandi, qator xorijiy universitetlarning filiallari oçilmoqda. Bundan taşqari, yangi ta'lim dargohlari faoliyati yölga qöyilmoqda. OTMlarga qabul jarayonlari va imtihonlar oliş borasida ham talaygina yangiliklar mavjud.
Bugunga kelib Samarqandni ta'lim xabi (markazi)ga aylantiriş nuqtai nazaridan uşbu yönalişga yanada katta e'tibor qaratilmoqda. Hozirda viloyatda köplab oliy ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda, Samarqandda yangi universitet - xalqaro "Ipak yöli" turizm universiteti faoliyatining yölga qöyilişi ham mamlakatimizda turizm va ta'lim sohalariga berilayotgan e'tiborning yaqqol natijasidir. Ayni damda Özbekistonda turizmga qaratilayotgan e'tiborni inobatga oladigan bölsak, uşbu ta'lim dargohining kelgusidagi ahamiyati juda katta bölişi şubhasiz.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” Hukumat qaroridan közlangan asosiy maqsad ham ta'lim dargohini mintaqaviy universitet sifatidagi örnini yanada kuçaytiriş va mavqeini oşirişdan iboratdir.
Xöş, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori nimalarni nazarda tutadi?
- Qarorga muvofiq, 2018-2021 yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;
- 2018-2019 öquv yilidan boşlab bakalavriat ta'lim yönalişlari öquv rejalarining ixtisoslik fanlari hajmini 30 foizgaça oşirib, öquv rejalar va fan dasturlarini işlab çiqiş hamda amaliyotga joriy etiş, şuningdek Universitet professor-öqituvçilari va olimlar tomonidan tayyorlangan darslik, öquv qöllanma hamda boşqa öquv-uslubiy adabiyotlarni Universitet kengaşining qaroriga asosan naşrga tavsiya etiş vakolatlari berildi;
- Universitetda masofaviy öqitiş tizimini yölga qöyiş nazarda tutiladi;
- Xorijiy mamlakatlardan kelib, universitetda ta'lim olayotgan talabalar uçun yangi talabalar turar joyi quriladi va jihozlanadi;
- Konfutsiy haykali örnatiladigan Universitet hududida joylaşgan töqqiz qavatli öquv va ma'muriy binoda Özbekiston-Xitoy milliy me'morçiligi an'analariga muvofiq ravişda quriliş işlari amalga oşiriladi hamda uşbu binoning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari andozalariga moslaştiriladi;












