O‘zbekiston | 19:18 / 28.07.2018
3935
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar uchun O‘zbekistonning navigatsion xaritasi tuziladi 

Foto: KUN.UZ

«Yergeodezkadastr» qo‘mitasi va TomTom kompaniyasi (Niderlandiya) vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida mahalliy navigatsion xarita yaratish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildilar. Smartfon, avtoulov navigatorlari, shaxsiy navigatorlar va veb-ilovalar uchun marshrutni rejalashtiruvchi navigatsiya xaritalarini yaratish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash, shuningdek, qo‘mita xodimlarining salohiyatini oshirishga kelishib olindi.

Navigatsiya xaritasi sayohatchilarga yo‘l va sayyohlik belgilarini topishda, diqqatga sazovor bo‘lgan joylar, mehmonxona va restoranlarga borish yo‘nalishini aniqlashda, shuningdek, sayyohlik yo‘nalishlarini rejalashtirishda amaliy yordam berishi ko‘zda tutilmoqda. 

TomTom kompaniyasi yetakchi xalqaro brend bo‘lib, kompaniya mahsulotlari kuniga 800 milliondan ortiq xaridor tashrif buyuradigan dunyoning turli bozorlarida sotiladi. Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan Apple shirkati TomTom xaritalarini o‘zining barcha mobil qurilmalariga o‘rnatilgan navigatsiya dasturida qo‘llash uchun tanlab oldi.

Mavzuga oid