Özbekiston Superligasi hal qiluvçi pallaga yaqinlaşib bormoqda. Balki, odatiy formatda hozirda 6 oçkolik farq bilan turnir jadvalini boşqarib turgan “Paxtakor”ning imkoniyatlari juda yuqori baholanayotgan bölardi. Ammo çempionatimiz tarixida birinçi marta “oltin oçkoli” tizim amal qilmoqda va uşbu tizim asosida hisoblanganda, uçinçi bosqiç oldidan “Paxtakor”ning ustunligi hozirgidek bölmaydi va kamida 4 jamoada çempionlik uçun real imkoniyat borligini köriş mumkin. 

Avval, e'tiboringizga 19-turdan keyingi musobaqa jadvalini havola qilamiz. 

Yana 3 turdan söng, ikkinçi davraga, boşqaça aytganda, birinçi bosqiçga yakun yasaladi. Dastlabki 6 örinni qölga kiritgan jamoa alohida guruh taşkil qilib, yuqori örinlar uçun, qöyi olti jamoa esa, ligada öz örnini saqlab qoliş uçun kuraşadi. Jamoalar öşa oltilikdagi raqiblari bilan uy-safar tizimida bir martadan yana öynab çiqişadi. Ya'ni, yana 10 tur bölib ötadi. 

“OLTIN OLTILIK”

Bu yerda eng muhim va nozik jihat şundaki, hal qiluvçi bosqiçga jamoalari yuqorida körinib turgan oçkolar bilan ötmaydilar. Boşqa oltilikka ötib qolgan jamoalardan olingan oçkolar kuyib ketadi. Ya'ni, jadvalning yuqorisida joylaşgan jamoalarning faqat öşa oltilikdagi raqiblardan olgan oçkolari saqlanib qolinadi. Sezib turganingizdek, bunday hisoblaşda “Paxtakor”ning joriy ustunligi yöqqa çiqadi. Dastlabki tört jamoalar bir-birlariga yanada yaqinroq joylaşadilar. 

Hozirda “Metallurg” 3 oçkolik farq bilan 6-örinni egallab turibdi. Nazariy tarafdan hali “Qöqon”, “Nasaf”, “AGMK”, hamda “Qizilqum” jamoalarida ham oltilikka kiriş uçun imkoniyat bölsa-da, taqvimdan kelib çiqib, baribir “Metallurg”ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaş mumkin. 

Şuning uçun e'tiboringizga aynan bugungi oltilikdan kelib çiqib, turnir jadvalini havola qilamiz. Agar oltilik özgaradigan bölsa, bu jadvalga ham ta'sir qilişi aniq, albatta. 

Oltilikdagi jamoalarning qolgan özaro öyinlari:

20-tur. PAXTAKOR – LOKOMOTIV, BUXORO-MeTALLURG
21 TUR. NAVBAHOR – BUXORO
22 TUR. BUXORO - LOKOMOTIV

Körib  turganingizdek, aslida çempionlik uçun kuraş yanada keskinroq keçmoqda. Umumiy jadvalda 4-örinda ketayotgan “Navbahor” aynan yuqori örindagi jamoalarga qarşi samarali öynagani uçun sönggi bosqiçni hatto 1-örinda boşlaş imkoniyatiga ham ega. 

“Lokomotiv”ni esa, yaşirin favorit deb ataş mumkin.Mavsumni juda yomon boşlagan “temiryölçilar” endi ma'lum bölişiça, yakunda kerak bölmaydigan oçkolarni yöqotgan ekanlar xolos. “Lokomotiv” keyingi turlarda “Buxoro” va “Paxtakor” bilan öyinlar ötkazadi, agar bu öyinlarni öz foydalariga hal qilişsa, sönggi bosqiçni yaqqol peşqadam sifatida boşlaşlari aniq. 

“BUNYoDKOR” UÇUN DILeMMA

Eng qiziq jihat, “Bunyodkor” bilan yuzaga kelgan. Jamoa hozirda şakllangan oltilik bilan öz öyinlarini ötkazib bölgan. Keyingi öyinlar göyoki, jamoaning sönggi bosqiçdagi oçkolariga ta'sir qilmaydigandek. Lekin yöq, unday emas. Öşa öyinlar orqali, “Bunyodkor” “oltin oçkolarini” köpaytirişi va kamaytirib olişi ham mumkin. 

Misol uçun, keyingi turda “Bunyodkor” öz maydonida “Qöqon 1912”ni qabul qiladi. Bu öyinda “Bunyodkor” mağlubiyatga uçraydigan bölsa, qöqonliklarda oltilik uçun imkoniyatga ega bölib qolişlari mumkin. Xöş, nima böpti? Agar “Qöqon 1912” 6-örinni oladigan bölsa, “Bunyodkor” ulardan oçko ololmagan bölib çiqadi. “Metallurg”dan esa, Qosimov şogirdlari 1 oçko olişga muvaffaq bölişgan. Demak, agar “Bunyodkor” göyoki oçko ta'sir qilmaydigan öyinda qöqonliklarga yutqazsa, “oltin oçko”si 1 taga kamayişi mumkin. 

Undan ham qiziği, “Bunyodkor”ning “Nasaf” bilan öyinida sodir bölişi mumkin. Ğirt paradoksal holat. Gap şundaki, “Bunyodkor” birinçi davrada “Nasaf”ni 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratgan. Keyingi turda bu raqiblar Qarşida töqnaş kelişadi. “Bunyodkor” Qarşida mağlubiyatga uçrasa, “Nasaf”ning 6 likka kiriş imkoniyati paydo böladi. Oltilikka “Metallurg” emas, “Nasaf” kirsa, “Bunyodkor”ga foyda. Çunki “Bunyodkor” “Nasaf”dan 3, “Metallurg”dan 1 oçko olgan. Qarang, “Bunyodkor” Qarşida mağlubiyatga uçrab, oçkolarini sonini 16 taga yetkazib olişi, aksinça, ğalaba qozonib, birorta ham oçko ololmasligi mumkin. Zör-a?

ÇeMPIONNI “MeTALLURG” ANIQLAYDIMI?

Davom etamiz. Öşa “Nasaf”ning oltilikka kiriş yölidagi tösiği “Paxtakor” böladi. Sönggi turda qarşiliklar “Paxtakor” mehmoni böladilar. Tabiiyki, “Paxtakor” “Nasaf”ga yutqazmaslikka harakat qiladi. Sababi, “Metallurg”ning 6-örinni olişida eng katta manfaatdor aynan “Paxtakor”dir.  Çunki, bekobodliklarga qarşi öyinlarda aynan “Paxtakor” 6 oçko olgan xolos. “Metallurg” boşqa hamma jamoalardan kamida 1 ta bölsa ham oçko olişning uddasidan çiqqan. 

“Metallurg”ning oltilikka kirişi “Paxtakor”ning çempionlikdagi raqiblariga nisbatan imkoniyatini oşiradi.  Nafaqat oçkolar böyiça, şuningdek, “Paxtakor” uçun bekobodliklar eng qulay raqib ekani sir emas. “Metallurg”ning asosiy futbolçilari “Paxtakor”dan ijaraga olingan va bu jamoaga qarşi öyinlarda maydonga tuşmaydi. Demak, sönggi bosqiç bahslarida ham “Metallurg”ning bölişi “Paxtakor” uçun oson qölga kiritilişi mumkin bölgan yana 6 oçko deganidir. 

Umuman, sönggi uç tur “Paxtakor” uçun mas'uliyatli davr. Eng avvalo, “Lokomotiv” bilan öyinda ğalaba qozonib, “temiryölçilar”ning peşqadamga aylanişga yöl qöymasligi kerak. Qolgan ikki öyinda esa, Arveladze jamoasi “Metallurg”ning oltilikka kirişi uçun “qaraşişi” lozim. “Nasaf”dan taşqari, “Paxtakor” Qöqonga ham boradi. “Qöqon” ham yuqorida aytilganidek, oltilik uçun asosiy da'vogarlardan biri. “Paxtakor” bu öyinda ham yutqazmasligi kerak. Çunki “Qöqon 1912” birinçi davrada “Paxtakor” maydonida 1:1 öynab qaytgandi. Tabiiyki, “Paxtakor” uçun “Nasaf” (agar yuta olmasa) yoki “Qöqon” emas, aynan “Metallurg” yakunda oltilikka kirişi ayni muddao.    

Beixtiyor “Qaşqirlar makoni” serialidagi Lazziyoning “Trabzonspor” özi çempion bölmaydi, lekin çempionni aniqlab beradi” deb aytgan gapi esga tuşadi. Göyoki, bizning çempionatimizda bu rolni “Metallurg” bajarayotgandek tuyulsa-da, baribir, sönggi bosqiçda yana 10 ta uçraşuv bölişini esdan çiqarmaslik kerak. Tabiiyki, çempion jamoa endi avvalgi mavsumlar kabi, sirtqi kuraşda aniqlanmaydi. Peşqadam böladigan jamoa asosiy raqiblari bilan yana 2 tadan öyinda maydonga tuşişini e'tiborga olsak, barça kuraş hali oldinda. 
Jadvalning qöyi qismidagi vaziyat yuzasidan ham hali gaplaşamiz. 

Qahramon Aslanov