Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbarlari jiddiy ogohlantirildi
Davlat soliq qo‘mitasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oliy sud va Markaziy bank bilan hamkorlikda sud ijro hujjatlari asosida soliq qarzini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Videoselektor yig‘ilishida amalga oshirilayotgan ishlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy tarzda muhokama etilib, Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining Soliq qarzini undirishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasining mas'ul rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq qarzini keskin qisqartirish maqsadida joriy yilning II yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda 1,1 trln so‘m miqdoridagi soliq qarzlarini sud hujjatlari asosida undirish bo‘yicha tegishli ishlar bajarilishi belgilandi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024