O‘zbekiston | 19:30 / 30.07.2018
5300
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 6 oy ichida 892 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi 

Foto: KUN.UZ

Davlat soliq qo‘mitasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oliy sud va Markaziy bank bilan hamkorlikda sud ijro hujjatlari asosida soliq qarzini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 
 
Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida 1121 nafar xodim tomonidan qarzdorlarning mol-mulklari xatlovga olish uchun jalb etilib, joriy yilning I yarim yilligida 1,4 trln so‘m soliq qarziga ega 54 657ta obektdan 31 751tasida 892,4 mlrd so‘mlik mablag‘ xatlov jarayonida undirildi hamda bu orqali o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 395,3 mlrd so‘mga ko‘p mablag‘ undirishga erishildi. 

Shu bilan birga, 5922 qarzdorlarning 337,7 mlrd so‘m qiymatidagi mol-mulklari, shu jumladan, 1019ta bino va inshoot, 1280ta transport vositalari va 9701ta boshqa turdagi mulklar xatlandi. Ushbu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3578taga yoki 117,3 mlrd so‘mga ko‘payishiga erishildi. 

 

Mavzuga oid