Jamiyat | 14:17 / 30.07.2018
44833
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda ilk bor vertolyotda sayohat!

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi va Ulysse Tour sayyohlik firmasi hamyurtlarimizga yangi sayohat turini taklif qiladi.

Endi siz yurtimizning eng so‘lim go‘shalariga vertolyotda parvoz qilishingiz mumkin! Bunday sayohat sizga yurtimiz jamolini fazodan tomosha qilish imkoniyatini beradi. Ishoning, bunday taassurotlarni sayohatning boshqa turlaridan orttirolmaysiz! 

Foto: Ulysse Tour

Ulysse Tour sayyohlik firmasi uchta yo‘nalish bo‘yicha tur taklif qiladi:

- Ixnach ko‘liga (2400 m balandlikda, Toshkent viloyati);

- Arashan ko‘liga (2700 m balandlikda, Namangan viloyati);

- Ko‘ksu daryosiga (1700 m balandlikda, Toshkent viloyati).

Foto: Ulysse Tour

Parvozlar Toshkent-3 aeroportidan amalga oshiriladi va shu yerda tugaydi (Ko‘ksudan tashqari).

Foto: Ulysse Tour

Arashan va Ixnachga vertolyot soat 10:00da uchib ketadi, u yerdan soat 16:00da Toshkentga qaytib keladi.

Ko‘ksuga sayohat ikki xil uslubda amalga oshiriladi.

Foto: Ulysse Tour

Birinchi guruh uchun Ko‘ksuga sayohat soat 09:00da boshlanadi. Soat 12:00da sayohatchilar Chorbog‘ga (Piramidalar) olib kelinadi va shu yerda qoldiriladi va u yerdan soat 17:00da avtobusda Toshkentga qaytib kelinadi.

Foto: Ulysse Tour

Ikkinchi guruh esa Toshkentdan Chorbog‘ga avtobusda olib boriladi va u yerdan vertolyotda Ko‘ksu daryosiga olib ketiladi. Kechqurun esa Toshkentga vertolyotda qaytiladi.

Foto: Ulysse Tour

Hozirda Ixnachko‘lga 3 avgust kuni, Arashan ko‘liga 5 avgust va Ko‘ksu daryosiga 12 avgust kuniga guruhlar yig‘ilmokda.Tur o‘z ichiga nimalarni oladi?

Foto: Ulysse Tour
Foto: Ulysse Tour

- Vertolyotda uchish;

- Professional yo‘lboshlovchi va uning boshchiligida sayr;

- Piknik (faqat Arashan va Ixnach turlarida);

- Qo‘riqxona hududiga kirish uchun to‘lanadigan haq;

- Tibbiy sug‘urta.

Ma'lumot uchun:

+998971553030

+998711501060

Telegram: t.me/helinature

Sayt: ulyssetour.com

Facebook: www.facebook.com/ulyssetour

Instagram: www.instagram.com/ulyssetour

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid