Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil yangi aeroport qurish uchun sun'iy orol yaratmoqchi
Isroil o‘z sohillari yaqinida yangi aeroportni joylashtirish uchun sun'iy orol yaratish loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning devonxonasi xabar berdi.
Tegishli vazirlik va idoralar rahbariyati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda u mamlakatga tashrifi oshib borayotgan sayyohlarni kutib olishni ta'minlash uchun ana shunday reja tayyorlashga topshiriq berdi.
«Netanyaxu Isroil davlati sohilidagi sun'iy orolda aeroport qurish rejasini tuzish bo‘yicha topshiriq berdi», — deyiladi matbuot relizida.
Avvalroq OAVda ushbu loyihani amalga oshirish uchun 10-15 yil talab etilishi va taxminan 10 milliard dollar sarflanishi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026