Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada arman mafiyasiga qarshi yirik operatsiya boshlandi
Kataloniya va Ispaniya politsiyalari arman mafiyasiga qarshi yirik miqyosdagi operatsiyani boshladi.
OAVning xabar berishicha, Barselona, Madrid, Valensiya, Alikante va Albasetedagi 70ta manzilda o‘tkaziladigan operatsiyada yuzdan ortiq kishini qo‘lga olish rejalashtirilgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Gap Yevropada o‘rnashgan va AQSh, Fransiya, Belgiya, Italiya va Litvada aloqalarga ega bo‘lgan jinoiy guruh haqida bormoqda.
Uyushgan guruh talonchilik, tovlamachilik, qurol savdosi, pul yuvish, poraxo‘rlik, hujjatlarni soxtalashtirish, giyohvand moddalar va tamaki kontrabandasi bilan shug‘ullanib kelgan.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, 26 iyunda Badalonada «qonundagi o‘g‘rilardan biri» yoki uning yordamchisi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
22:05 / 29.05.2026