O‘zbekiston | 23:31 / 01.08.2018
4915
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik investorlar bilan uch tomonlama kelishuv imzolandi

O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyadagi yirik sanoat korxonalardan biri hisoblangan “Dongho Cosmo” kompaniyasi bilan uch tomonlama kelishuv shartnomasini imzoladi. Unga ko‘ra, koreyalik investorlar O‘zbekistonda onlayn rejimda ishlaydigan elektr, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zeltexsanoat” AK

Axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qiladi.

Foto: “O‘zeltexsanoat” AK
matbuot xizmati
Foto: “O‘zeltexsanoat” AK
matbuot xizmati

“O‘zeltexsanoat” AK Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Janubiy Koreyaga safar qilib, mamlakatdagi yirik elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar qilingan edi.
Janubiy Koreyaning Degu shahrida joylashgan yirik sanoat korxonalardan biri – “Keuk Dong Ki Jeon” zavodi Koreyadagi “Dongho Cosmo” kompaniyasining doimiy hamkori hisoblanadi. Ushbu zavodda onlayn rejimda ishlaydigan tabiiy gaz hisoblagichlari ishlab chiqariladi. O‘zbekiston delegatsiyasi korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati, eksport salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Foto: “O‘zeltexsanoat” AK
matbuot xizmati

Uchrashuvlar yakunida uch tomonlama (O‘zeltexsanoat AK, Andijon viloyati hokimiyati va “Dongho Cosmo” kompaniyasi) kelishuv imzolandi. Delegatsiya a'zolari 3 avgustga qadar Koreyaning yana qator yetakchi sanoat korxonalari vakillari bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar olib boradi.

Mavzuga oid